Xoland faoliyatini Madridda davom ettirishi mumkin

  • 24 mart, 2020, 18:24
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi mavsum yakuniga etgach, hujum chizig‘ini kuchaytirib olmoqchi.

Tecno

Marca nashrining xabariga ko‘ra, Madrid klubining asosiy transfer maqsadi "Borussiya" forvardi Erling Xoland bo‘lib turipti.

Bundan tashqari, "qirollik klubi" PSJ futbolchisi Kilian Mbappega ham jiddiy qiziqish bildirgan, ammo klub ushbu yozda frantsiyalik futbolchini jamoaga jalb qilishni iloji yo‘q deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, 19 yoshli norvegiyalik hujumchi qishgi transfer oynasida "Red Bull" klubidan "Borussiya Dortmund" safiga qo‘shilgan edi. Xolandga "Yuventus" tomonidan ham qiziqish bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Xoland Bundesliganing 8 ta uchrashuvida maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!