
“Real” tarbiyalanuvchisi o‘rnini “Barsa” yulduzi egallaydi
Italiya chempioni “Inter” PSJga transfer qilinayotgan Ashraf Hakimi o‘rnini “Barselona” yulduzlaridan biri Serji Roberto bilan to‘ldiradigan bo‘lyapti.
Ma’lumki, “Real” Ashrafga asosiy tarkibdan joy topilmagani uchun marokashlik himoyachini “Inter”ga sotib yuborgan edi.
Tarkibini yoshartirishga harakat qilayotgan “Barselona” klubda anchadan beri o‘ynayotgan tajribali futbolchilarni sotib yuborish yoki ularning maoshini sezilarli darajada pasaytirish siyosatini olib bormoqda.
Shu o‘rinda, 29 yoshli Roberto ham yo klub talabiga ko‘nishi yoki o‘ziga boshqa ish topishi kerak bo‘ladi. Katta tajribaga ega bu futbolchiga “Inter”dan tashqari “Manchester Siti” ham xaridor bo‘lyapti.
Fikrlar