
“Real” transfer bozorini egallab olmoqchi
“Real” rahbariyati Evropa futbolidagi raqobatchilari o‘z safida ko‘rishni istayotgan futbolchilarni o‘ziga og‘dirib olishga harakat qilmoqda.
Xususan, Zidan PSJ va “Liverpul” nishonida turgan David Alaba, “Barselona” va “Inter” kutayotgan Jorjino Veynaldum, ko‘p grandlar nishonida turgan Erling Xoland va Eduardo Kamavinga kabi futbolchilarni Madridga taklif qilmoqda.
Endi bu futbolchilar qatoriga “Manchester Siti” mo‘ljallab yurgan Ismoil Bennaser ham qo‘shildi.
“Qirollik klubi” rahbariyati “Milan” sharafini himoya qilayotgan 23 yoshli futbolchini Toni Kroos va Luka Modrichga o‘rinbosar sifatida olib kelishni rejalashtiryapti. Milanliklar iste’dodli futbolchisini 50 million evroga qo‘yib yuborishga rozilik bergan.
Fikrlar