
“Real” universal vunderkind topdi. U maydonda joy tanlamaydi
“Lion”ning 18 yashar yarim himoyachisi Rayan Sherki hamyurti Eduardo Kamavinga ortidan “Real” futbolchisiga aylanishi kutilmoqda.
Frantsiyalik iste’dld egasi pleymeykerlik qobiliyatidan tashqari, hujumning har qaysi nuqtasida samarali o‘ynay olish salohiyatiga ega.
“Qirollik klubi” ko‘plab ijobiy xususiyatlarga ega bo‘lgan Sherki uzoq yillar davomida klubga foyda keltirishiga ishonmoqda. Qolaversa, bosh murabbiy Karlo Anchelotti jamoani yashartirish bo‘yicha ishini davom ettirishi kerak.
Rayan Sherkining “Lion” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan. Shu bois, madridliklar mavsum yakunlanganidan keyin uning transferini to‘liq sotib olmoqchi. Hozircha, yosh futbolchi 27 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar