
“Real” va “Barelona” bir futbolchiga qiziqish bildirmoqda
"Barselona" yozgi transfer oynasi vaqtida Donetskning "Shaxtyor" klubi himoyachisi Dodo bilan shartnoma imzolashi mumkin.
“Diario Sport” nashri xabariga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” yozda jamoasini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan 23 yoshli braziliyalik futbolchining transferi bo‘yicha "Shaxtyor" bilan muzokara olib borishga harakat qilmoqda. Himoyachi va ukrain klubi o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2025 yilning iyunigacha tuzilgan.
Avvalroq Dodo xizmatiga Madridning "Real" va Florentsiyaning "Fiorentina" jamoalari ham qiziqish bildirgandi.
O‘tgan mavsumda Dodo Ukraina chempionatida 14 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Fikrlar