“Real” va “Barsa” talashayotgan futbolchi kim?

  • 18 oktabr, 2020, 10:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Portugaliyalik yarim himoyachi Brunu Fernandesh shu yilning yanvar oyida “Manchester Yunayted”ga o‘tganidan keyin o‘z mahorati evaziga jamoa o‘yinini kuchaytirdi va manchesterliklar Evropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma oldi.

Endi Brununi Ispaniya grandlari o‘z tarkibida ko‘rmoqchi. Portugaliyalik futbolchi ayni paytda jamoa bosh murabbiyi Sulsher bilan biroz kelisha olmay qolgan va klubni tark etishi mumkin. Aslida Sulsherning o‘zi ham muvaffaqiyatsiz startdan keyin lavozimini topshirishga yaqin turibdi.

"Barselona" va "Real" ustoz-shogird kelishmovchiligidan foydalanib qolmoqchi. 

“Manchester Yunayted” Fernandeshni “Portu”dan 55 million evroga sotib olib, besh yillik shartnoma imzolagan edi.

Transfermarkt  portali Brununing transfer summasini 70 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!