Ronaldo “Real” va “Barsa” yulduzlarini o‘z jamoasida jamlaydi!

  • 20 iyun, 2022, 22:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning eng mashhur ikki klubi – “Real” va “Barselona” uzoq yillar jamoaga mehnati singgan o‘yinchilar – Marselo va Dani Alves bilan xayrlashdi. Bir biriga raqib bo‘lgan bu ikki braziliyalik futbolchi endi bir klubda birga o‘ynashi kutilmoqda.

Braziliyalik futbol afsonasi Ronaldo har ikki hamyurtini o‘ziga tegishli bo‘lgan “Valyadolid” jamoasiga chorlamoqda.

Ronaldo shu yo‘l orqali jamoasining mashhurligini oshirishni maqsad qilgani aytilmoqda. tarkibni kuchaytirmoqchi.

“Valyadolid” o‘tgan mavsumni Segundada o‘tkazib, ikkinchi o‘rinni egalladi va endi yuqori divizionda ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!