
"Real" va "Barselona" ko‘zlayotgan futbolchini "Atletiko" "ilib" ketishi mumkin
"RB Leyptsig" klubi va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Daniel Olmo faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.
Bild nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 23 yoshli futbolchiga Madridning "Atletiko" klubi jiddiy qiziqib qolgan. "Matraschilar" uni joriy yozgi transferlar davridayoq tarkibga qo‘shib olishmoqchi.
Qayd etish lozimki, Olmoga “Atletiko”dan tashqari "Real" va "Barselona" ham befarq emas.
Daniel Olmo "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U "RB Leyptsig" safida 2020 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum "buqalar" tarkibida jami 46 ta o‘yin o‘tkazdi va 7 ta gol hamda 12 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar