
"Real" Varanga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi
Madridning "Real" klubi "Ayaks" xavbeki Matteys De Ligt uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda Goal nashri xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra “qirollik klubi” 19 yoshli gollandiyalik futbolchini yozda jamoadan ketishi kutilayotgan Rafael Varanga munosib o‘rinbosar sifatida qaramoqda.
Eslatib o‘tamiz, De Ligt uchun “Barselona” asosiy da’vogar hisoblanadi. Amsterdamliklar esa ushbu futbolchisini 70 mln evrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.
Ma’lumot uchun, De Ligt joriy mavsum "Ayaks" safida 38ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar