"Real" Varanga yangi shartnoma taklif qildi

  • 7 mart, 2020, 22:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid klubi himoyachisi Rafael Varan jamoa bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishi mumkin. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra ayni damda tomonlar bu borada muzokaralar olib borishmoqda. Aytish kerakki, “qirollik klubi” 26 yoshli frantsiyalik futbolchiga 2025 yilga qadar shartnoma taklif qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Varan joriy mavsum “Real” safida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!