
"Real" Varanni nega sotib yubormoqchi?
"Real" himoyachisi Rafael Varan yangi mavsumni boshqa jamoada boshlashi mumkin. Unga "Manchester Yunayted" asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Gap shundaki, “qirollik klubi” rahbariyati frantsiyalik futbolchining klub bilan amaldagi shartnomani uzaytirishiga ishonmayapti. Shu sababli "Real" kelayotgan yozgi transfkerlar davrida Varanni sotib, oz bo‘lsada uning transferidan pul ishlab olishni rejalashtirmoqda.
"Manchester Yunayted" esa Xarri Maguayrga tandem bo‘la oladigan mahoratli markaziy himoyachi qidirmoqda. “Qizil iblislar” bundan avval ham Varanni sotib olishga bir necha bor urunib ko‘rgan edi, ammo "Real" ushbu takliflarni rad etgan.
Varan joriy mavsum La Ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar