"Real" Varanni qanchaga sotadi?

  • 18 iyun, 2021, 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" Madrid rahbariyati agar tez orada shartnomani uzaytirmasa, himoyachi Rafael Varanni sotib yuboradi.

Tecno

Goal.com tarqatgan xabarga qaraganda, "qirollik klubi" frantsiyalik futbolchini 70 million evroga baholamoqda. Agar hech bir hech bir jamoa bunday miqdordagi mablag‘ni taklif qilmasa, madridliklar narxni 40-50 million evroga tushirishlari mumkin.

Varanga asosan "Manchester Yunayted", "Chelsi" va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda. Uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Rafael o‘tgan mavsum La Ligada 31 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda raqib darvozasiga 2 ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!