"Real" Vinisiusdan so‘ng yana to‘rt futbolchisi bilan shartnoma muddatini uzaytiradi!

  • 31 oktabr, 2023, 21:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" klubi yosh yulduz Vinisius Junior bilan shartnoma uzaytirgani haqida ma’lumot bergandik.  Endi jamoa rahbariyati yana 4 nafar futbolchi bilan yangi bitim tuzishni rejalashtirmoqda. 

Tecno

"AranchaMOBILE" nashrining xabar berishicha, klub Federiko Valverde, Rodrigo, Eduardo Kamavinga va Eder Militao kabi iqtidor egalari bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Yangi kelishuvga ko‘ra, ularning barchasida maoshlar oshadi va 2028 yilga qadar klub bilan shartnomaga ega bo‘ladi. 

Mazkur futbolchilarning tovon puli ham sezilarli darajada oshirilishi kutilmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!