“Real” vunderkindga xabar yubordi
“Real” rahbariyati “Renn”da porlayotgan yosh yulduz Eduardo Kamavingani kelasi yili yozda olish fikrida qat’iy turibdi.
“Qirollik klubi” mutasaddilari 17 yoshli futbolchining agentlari bilan bog‘lanib, ular hamon Kamavingaga ko‘z tikayotganini va futbolchi olish rejasi hamon o‘z kuchida ekanini tasdiqlagan.
Kamavinganing o‘zi ham qator grandlardan taklif olayotganiga qaramay, Madridga ko‘chib o‘tishni istamoqda. Futbolchi “Renn” rahbariyatidan “Real”dan boshqa jamoalarning taklifini ko‘rib chiqmaslikni so‘ragan.

Fikrlar