
“Real” Xoland va Mbappening “nozik” joyini topdi
Bugungi kunning eng zo‘r ikki to‘purari – Kilian Mbappe va Erling Xolandning bozori hozirdan qaynay boshlagan.
Evropaning deyarli barcha grandlari mana shu ikki yulduz uchun kurashmoqda. “Real” prezidenti Florentino Peres ham Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi davri tugadi, buyog‘iga Mbappe hamda Xoland erasi boshlandi, deb hisoblamoqda.
Shu bois, “Qirollik klubi” moliyaviy qiyin ahvolda bo‘lishiga qaramay, yosh yulduzlarni Madridga olib kelmoqchi. Peres agar bu futbolchilar keladigan bo‘lsa, klub moliyaviy daromadga ega bo‘lishi va qiyin vaziyatdan chiqib ketishiga ishonmoqda.
“Real” rahbariyati garchi boshqa klublar bilan moliyaviy tomondan raqobatlasha olmasa-da, boshqalardan ustun jihatga ega ekanini ta’kidlamoqda. Madridliklar har ikki futbolchining “Real”da to‘p surishga moyilligidan ustomonlik bilan foydalanib qolmoqchi.
Florentino Peresning bu rejasi ish beradimi yoki yo‘q, buni yozda bilib olamiz.
Fikrlar