
“Real” Xolandni o‘zi tuzayotgan yulduzlar jamoasiga qo‘shilishga ko‘ndirdi
“Qirollik klubi” kelasi yili yozda tarkibni sezilarli darajada kuchaytirmoqchi. Ana shu maqsadni amalga oshirish uchun madridliklar bir necha mavsumdan buyon transferlar bozorida ishtirok etmayapti.
“Real” prezidenti Florentino Peres joriy mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan yulduzlarni o‘z jamoasiga taklif qilib, ular bilan hozirdan kelishib qo‘yishga harakat qilmoqda.
Madridliklar yozda Kilian Mbappe, Pol Pogba, Leon Gorettska va Antonio Ryudigerni tekinga qo‘lga kiritmoqchi. Ular qatorida Peres mablag‘ sarflab bo‘lsa-da, Erling Xolandni ham transfer qilishni rejalashtirgan.
Kelasi yozda Xolandning shartnomasidagi hujumchini 75 million evroga transfer qilish bo‘yicha band kuchga kiradi. “Real” shundan foydalanib qolmoqchi. Peres o‘z maqsadini amalga oshirish uchun hozirda Xoland bilan kelishib olishni rejalashtirmoqda.
Manbalarning ma’lum qilishicha, “Borussiya” hujumchisi kelasi yili “Real”ga ko‘chib o‘tish uchun dastlabki roziligini berdi.
Fikrlar