"Real" yana bir yulduz bilan kelishib oldi

  • 26 iyul, 2024, 15:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Alfonso Devis "Real" safiga erkin agent sifatida o‘tishi kutilyapti. 

Futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. 

"Real" o‘yinchining transferi uchun 35 million evro to‘lashga tayyor edi, ammo myunxenliklar kanadalik futbolchi uchun 50 million evro talab qildi. 

"As" nashri bergan xabarga ko‘ra, Madrid klubi 23 yoshli himoyachi bilan kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, Devis shartnomasi tugagach, "Real" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shiladi. Buning evaziga Alfonso katta bonus puliga ega chiqadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!