
"Real" yana Pogba bilan shartnomani imzolashga harakat qiladi, MYu futbolchini sotmoqchi emas
"Real" "Manchester Yunayted" bilan yarim ximoyachi Pol Pogbani transfer qilish bo‘yicha yana bir muzokarani o‘tkazadi.
Shu bilan birga, "mankunianliklar" frantsiyalik futbolchining transferi bo‘yicha har qanday takliflarni rad etish niyatida, chunki Angliyada transfer oynasi yopilgan va Pogbani o‘rnini to‘ldirish uchun futbolchi sotib ololmaydi.
Avvalroq, 26 yoshli futbolchi hanuz "Real"ga o‘tishga umid qilayotgani, ammo ingliz klubiga bosim o‘tkazib, buni talab qilishni rejalashtirmayotganligi haqida xabar berilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer-ligasining birinchi turida Pogba "Chelsi"ga qarshi o‘yinda 2 ta gol urdi (4:0).
Fikrlar