
“Real” yana yulduzlar jamoasiga aylanadi
“Bavariya” himoyachisi David Alaba uchun kurashda favorit bo‘lgan “Real” zaxira variantlarini ham topib qo‘ydi.
Agar avstriyalik yulduz bilan kelishuv amalga oshmasa, madridliklar grand klublar nishonida turgan yana uch futbolchiga og‘iz soladigan bo‘ldi.
Xususan, “Qirollik klubi” rahbarlari himoya markazini mustahkamlash va jamoadan ketishi kutilayotgan Serxio Ramos va Rafael Varanning o‘rnini bosish uchun “Napoli”dan Kalidu Kulibali, “Vilyarreal”dan Pau Torres va “Sevilya”dan Jyul Kundeni olib kelishga harakat qiladi.
Ta’kidlash joizki, bu futbolchilarning yozda bozori qaynadi. Chunki ularga Angliya grandlaridan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda.
Fikrlar