"Real" yangi mavsum asosiy libosini namoyish qildi (video)

  • 1 iyun, 2021, 14:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madridning rasmiy tvitterida jamoaning kelasi mavsum uchun yangi uy liboslari taqdim etildi. Futbolka "qirollik klubi" uchun an’anaviy oq rangda tikilgan. Libosda ko‘k va to‘q sariq rangli qo‘shimchalar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, “Real”ning texnik hamkori Germaniyaning Adidas kompaniyasi hisoblanadi.

2020/2021 yilgi mavsumda "Real" so‘nggi turga qadar chempionatda oltin medallar uchun kurash olib bordi. Jamoa yakunda ikkinchi o‘rinni egallab, chempionlik unvonini hamshaharlari - Madridning "Atletiko" jamoasiga topshirib qo‘ydi.

Mavsum oxirida Zinedin Zidan bosh murabbiy lavozimini tark etdi. Ushbu lavozimga Antonio Konte va Karlo Anchelotti nomzodlari da’vogarlar ro‘yxatida tilga olinmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!