“Real” yangi yulduzini qachon tanishtirishi ma’lum bo‘ldi

  • 9 iyun, 13:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” yangi o‘yinchisi Trent Aleksander-Arnoldni muxlislarga tanishtirish uchun taqdimot marosimi o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

AS nashrining ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” Angliya terma jamoasi himoyachisini 11 iyun kuni “Santyago Bernabeu”da futbol jamoatchiligiga tanishtiradi.

Aslida Trentning “Liverpul” bilan shartnomasi 30 iyungacha davom etishi kerak edi. Biroq “Real” bu himoyachini 15 iyunda boshlanadigan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga jalb qilish uchun transferni tezlashtirdi.

Amalda madridliklar va angliyalik futbolchi o‘rtasidagi shartnoma 1 iyundan kuch kirdi.

Aleksander-Arnold “Liverpul” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va ushbu jamoa asosiy tarkibida 2016 yildan beri o‘ynab kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!