"Real" yosh yulduz transferi uchun bor imkoniyatni ishga solyapti

  • 24 yanvar, 2023, 23:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" "Borussiya" yarim himoyachisi Jud Bellingem transferi uchun Eduardo Kamavingani qo‘shishi mumkin. 

"Sky Sport Deutschland" nashrining xabariga ko‘ra, "qirollik klubi" Bellingem uchun kurashda faol ishtirok etmoqda va muzokaralar uchun turli variantlarni ko‘rib chiqyapti. "Real" ingliz uchun 100 million evrodan ko‘p pul sarflamoqchi emas. Shu sababli, klub bu pulga yarim himoyachi Eduardoni ham qo‘shmoqchi. "Borussiya" madridliklarning bu g‘oyasidan hozircha xabardor yoki yo‘qligi noma’lum. 

Qolaversa, Kamavinga "Borussiya"ga o‘tishga rozi bo‘ladimi-yo‘qligi ma’lum emas. 20 yoshli Eduardo kam o‘yin amaliyotidan norozi, biroq u "Real"da o‘zini qulay his qilmoqda. Karlo Anchelotti futbolchini tegib bo‘lmas, deb hisoblamoqda. Uning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!