
“Real” yozda 300 million sarflaydi. Asosiy nishon aniq!
“Real” rahbariyati yozgi transferlar davrida jamoa tarkibini kuchaytirishga qaror qildi. Karlo Anchelottiga yangi ijrochilarni olish uchun 300 million evro ajratiladi.
Shu bois, “Qirollik klubi” yanvar oyida hech qanday katta savdolarni amalga oshirmaydi va mavsum yakunlanishini kutadi.
Bundan tashqari, klub faqat kerakli nuqtalarga o‘yinchi olish bilan kifoyalanadi. Asosiy nishon sifatida “Borussiya” yarim himoyachisi Jud Bellingem belgilangan.
Karlo Anchelotti o‘ng qanot himoyasiga ham o‘yinchi qidirmoqda. Klub mutasaddilari aynan bo‘sh pozitsiyalarni kuchaytirish bo‘yicha ish olib borishi belgilandi.
Fikrlar