"Real" yozda Germaniya terma jamoasi a’zosini sotib olmoqchi

  • 17 mart, 2019, 13:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi "Bayer" yarim himoyachisi Yulian Brandtga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “qirollik klubi” 22 yoshli germaniyalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davridayoq sotib olishmoqchi. Agar “dorishunoslar” mavsum yakunlariga ko‘ra EChL yo‘llanmasini qo‘lga kirita olishmasa, Brandtning tovon puli avtomatik tarzda 25 mln evroga tushib qoladi.

Qayd etish lozimki, Brand uchun shuningdek “Bavariya”, “Borussiya” Dortmund va “Liverpul” kabi jamoalar ham kurash olib borishmoqda.

Ma’lumot uchun, Brand joriy mavsum “Bayer” safida jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 13ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning amaldagi shartnmoasi 2021 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!