"Real" yozda yarim himoyachi transferini amalga oshiradi
Madridning "Real" klubi bosh skauti Yuni Kalafat klub rahbariyatiga "AZ Alkmar"ning 19 yoshli yarim himoyachisi Kes Smitning kelasi yozda Madrid jamoasiga o‘tishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqida Defensa Central xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, endi "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres niderlandiyalik futbolchining transferi tashabbuskori bo‘lishi mumkin. Ta’kidlanishicha, bitim "Real"ga 40-45 mln yevroga tushadi, faqat "AZ Alkmar" narxni oshirmasligi va sotishdan bosh tortmasligi kerak.
Joriy mavsumda Smit barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 22 mln yevroni tashkil etadi.



Fikrlar