
"Real" yulduzi "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin
"Manchester Yunayted" yarim himoya chizig‘iga "Real"ning yana bir futbolchisini olib kelmoqchi. "Tribal Football" nashri xabariga ko‘ra, "qizil iblislar" Luka Modrichga qiziqish bildirmoqda.
Avvalroq, matbuotda tajribali xorvatiyalik o‘yin amaliyoti kamligi tufayli yanvar oyida Madrid jamoasini tark etishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Angliya grandi bundan unumli foydalanib, xorvatiyalik xavbekni "Old Trafford"ga tortmoqchi.
Luka "Tumanli Albion"da avval ham o‘ynagan. 38 yoshli futbolchi "Real"ga o‘tishdan oldin Londonning "Tottenxem" jamoasida o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, Modrich 2012 yildan beri madridliklar safida o‘ynab kelmoqda. Uning transfer narxi 10 million evro.
Fikrlar