“Real” Zidan ishongan futbolchini sotib yuboradigan bo‘ldi
“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa pleymeykeri Iskoni olib qolishga harakat qilayotganiga qaramay, klub xo‘jayinlari uni yozda transferga qo‘yadigan bo‘ldi.
28 yoshli yarim himoyachining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanadi. "Qirollik klubi” mutasaddilari uning narxi tushib ketmasligi uchun mavsum tugashi bilan transferga qo‘yadi. Iskoga xaridorlar qatoriga “Inter” bosh murabbiyi Antonio Konte ham qo‘shildi. Konte klub xo‘jayinlaridan bu transferni hal qilishni so‘ragan.
“Real” Iskoni 20 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor. Futbolchiga Angliyaning bir nechta klubidan ham qiziqish bo‘lmoqda. Ispaniya terma jamoasi a’zosi joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
Fikrlar