“Real” Zidan o‘rniga zo‘r murabbiy topdi
Zinedin Zidan o‘rniga bosh murabbiy qidirayotgan “Real” bir necha omadsiz urunishlardan so‘ng, “Everton”ni muvaffaqiyatli boshqarayotgan Karlo Anchelotti nomzodiga to‘xtaldi.
Italiyalik mutaxassis 2013-2015 yillar davomida “Real”ni boshqaragan va jamoa muhitini juda yaxshi biladi. Anchelotti qo‘l ostida “Qirollik klubi” Chempionlar Ligasi, UEFA Superligasi va Ispaniya kubogida g‘olib chiqqan.
Avvalroq, madridliklar Maurisio Pochettino, Raul va Antonio Kontega taklif bilan chiqqandi.
Pochettino PSJdan ketolmadi, Raul va Konte Florentino Peres taklifini qabul qilmadi.
Karlo Anchelotti “Qirollik klubi” chorloviga qaday javob berishi hozircha mavhum bo‘lib turibdi.

Fikrlar