"Real"da hammasi joyida
“Real” Madrid klubi forvardi Karim Benzema 3 oylik tanaffusdan so‘ng yana qayta tiklanayotgan mavsumni sabrsizlik bilan kutmoqda.
“Zidanning xabari yoqimli bo‘ldi. Chunki, futbol o‘ynash zavqli. Biz o‘tgan haftaga qaraganda hozir ko‘proq ishlayapmiz. U payt biz ko‘proq jismoniy mashqlar ustida ishladik.
Moslashish jarayoni juda yaxshi, bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Jamoadoshlar bilan mashg‘ulot o‘tkazish, ular bilan to‘p orqali muomala qilish yaxshi, chunki buning uyda imkoni yo‘q. To‘psiz o‘tgan ikki oydan so‘ng maydonga moslashishingiz qiyin kechadi, lekin biz barchamiz yaxshi harakat qilyapmiz”, - deydi frantsiyalik futbolchi.
“Real” ayni damda La Ligada peshqadam “Barselona”dan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar