“Real”da katta yo‘qotish: Mbappe “Siti”ga qarshi birinchi o‘yinda qatnasha olmaydi

  • 01.03.2026 11:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” klubi Yevropa Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichida “Manchester Siti”ga ro‘baro‘ keladi. Bu jamoalar umumiy bosqichda ham bir-biriga to‘qnash kelib, Madriddagi uchrashuvda Xosep Gvardiola shogirdlari 2:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Nimchorak finalning birinchi uchrashuvi 11 martga belgilangan. Bu bahsda “Real”ning yetakchi hujumchisi Kilian Mbappe tizzasidagi jarohat tufayli maydonga tusha olmasligi aniq bo‘ldi.

Shuningdek, fransiyalik to‘purar Ispaniya chempionati doirasida 2 mart  kuni “Xetafe” va 6 mart kuni “Selta”ga qarshi bo‘ladigan o‘yinlarni ham o‘tkazib yuboradi.

Cadena Ser nashrining ma’lum qilishicha, “Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Kilian Mbappening 17 mart kuni “Manchester Siti”ga qarshi o‘tkaziladigan javob uchrashuvidan oldin tarkibga qaytishini kutmoqda.

Mbappe 2024 yilning yozidan buyon “Real” safida o‘ynamoqda. U avval PSJ va “Monako” klublarida to‘p surgan. Joriy mavsumda hujumchi klub darajasida 33 ta o‘yinda qatnashib, 38 ta gol urgan va oltita golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!