
“Real”ning barcha zamonlardagi ramziy jamoasi e’lon qilindi
“Real”ning rusiyzabon muxlislari ijtimoiy tarmoq orqali “Qirollik klubi”ning barcha zamonlardagi futbolchilaridan ramziy jamoa tuzdilar.
Eng qizig‘i, bu jamoaga “Real”ning hozirgi bosh murabbiyi Zinedin Zidan, jamoa sardori Serxio Ramos va braziliyalik legioner Kazemiro kiritildi.
To‘liq tarkib bilan tanishing: Iker Kasilyas, Serxio Ramos, Fernando Yerro, Chendo, Roberto Karlos, Kazemiro, Zinedin Zidan, Amansio Amaro, Krishtianu Ronaldu, Alfredo Di Stefano, Raul.
Fikrlar