“Real” haydalishi kutilayotgan Anchelotti Braziliya terma jamoasiga javobini aytdi

  • 19 aprel, 09:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Evropa Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi “Real” bu yilgi musobaqadan erta chiqib ketganidan keyin jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelottining klubdan ketishi haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda.

Bu vaziyatdan Braziliya futbol konfederatsiyasi foydalanib qolmoqchi bo‘ldi. Braziliyaliklar italiyalik mutaxassisni anchadan beri terma jamoani boshqarishga chorlab keladi.

Marca nashrining yozishicha, Karlo Anchelotti yana bir bor braziliyaliklar taklifini qabul qila olmasligini ma’lum qildi.

65 yoshli mutaxassis “Real”dagi ishini davom ettirmoqchi va iste’foga chiqmoqchi emas. “Qirollik klubi” rahbariyati Anchelottining jamoada qolish istagidan xabardor. Klub prezidenti Florentino Peres italiyalik murabbiy bilan do‘stona munosabatlarini saqlab qolmoqchi.

Anchelotti bosh murabbiylikdan olingan taqdirda ham “Real” xo‘jayinlari unga boshqa ish berishga tayyor.

Braziliya futbol konfederatsiyasi Anchelottining fikrini hurmat qilgan holda, e’tiborini boshqa mutaxassisga qaratadigan bo‘ldi. Ular terma jamoa boshqaruviga “Al-Hilol”da ishlayotgan Jorje Jezushni olib kelmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!