
“Real”dan haydalishi kutilayotgan Anchelotti o‘ziga serdaromad ish topib qo‘ydi
Ispaniya kubogi finalidagi mag‘lubiyatdan keyin Karlo Anchelottining o‘zi ham “Qirollik klubi”dagi kelajagiga shubha bilan qaray boshladi.
Taniqli jurnalist Sezar Luis Merloning ma’lum qilishicha, 65 yoshli italiyalik mutaxassisning o‘zi ham klubning qarorini kutmoqda. Anchelotti ishsiz qolmaydi, albatta.
Manba ko‘ra, Braziliya futbol konfederatsiyasi italiyalik mutaxassis bilan muzokaralarda ijobiy burilish yasagashga muvaffaq bo‘lgan.
Braziliyaliklar Anchelottiga 2030 yilgi jahon chempionatiga qadar terma jamoani boshqarishni taklif qilyapti. Agar mashhur mutaxassis bu chorlovni qabul qilsa, terma jamoalar murabbiylar orasida eng katta maosh oladi.
Fikrlar