“Real”ga munosib murabbiy topildi

  • 28 may, 2021, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Evropada bir necha grand klub yangi bosh murabbiy topish bilan ovora. Xususan, Zinedin Zidan bosh murabbiylikni topshirgan “Real” ham jamoani kelasi mavsumga munosib tarzda tayyorlaydigan mutaxassis qidirmoqda.

Aslida madridliklar frantsiyalik mutaxassis o‘rniga Massimiliano Allegrini olib kelmoqchi edi. Lekin uni “Yuventus” ilib ketdi.

“Qirollik klubi” jamoa boshqaruviga PSJdan ketishga qaror qilgan Maurisio Pochettinoni olishni istamoqda. Biroq, argentinalik murabbiy “Tottenxem”ga qaytmoqchi va bu borada muzokaralarni boshlab yuborgan.

“Real” ro‘yxatida “Inter”ni chempion qilgan Antonio Konte va “Real”da yulduzli onlarini o‘tkazgan Raul ham bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!