
“Real”ga rad javobini bergan murabbiy qattiq afsus chekmoqda
“Real” mutasaddilari hozirgi bosh murabbiy Karlo Anchelottining o‘rnini egallash uchun bir necha mutaxassislar bilan hamkorlik bo‘yicha muzokara o‘tkazgan edi.
O‘tgan yozda “Liverpul”ni topshirganidan keyin murabbiylik faoliyatidan tanaffus olgan Yurgen Kloppga ham “Real”ni boshqarish taklif qilingan.
Biroq germaniyalik mutaxassis hamkorlikka kirishishga ikkilangan.
Marca nashrining yozishicha, Yurgan Klopp “Qirollik klubi”ning taklifini qabul qilmaganidan hozir qattiq afsus chekmoqda.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, madridliklar “Bayer” ustozi Xabi Alonso bilan kelishuvga erishib bo‘lgani uchun Klopp variantiga qaytilmaydi.
Fikrlar