"Real"ning bugungi o‘yin uchun qaydnomasi ma’lum. Beyl ro‘yxatda yo‘q

  • 25 sentabr, 2019, 16:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun La Liganing 6-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Unga ko‘ra, "Real" o‘z uyida "Osasuna"ni qabul qiladi.

Tecno

Ushbu bellashuv uchun Zinedin Zidan qaydnomaga kiritgan futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi. Qiziq tomoni, Garet Beyl bugungi uchrashuvda maydonga tushmaydigan bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, Zidan 30 yoshli yarim himoyachini "Atletiko"ga qarshi bahs oldidan dam berishga qaror qilgan.

"Real"ning bugungi o‘yin uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Alfons Areolya, Diego Altube.

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Serxio Ramos, Rafael Varan, Nacho, Eder Militao, Alvaro Odriosola.

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Toni Kroos, Federiko Valverde, Eden Azar, Xames Rodriges, Lukas Vaskes, Vinisius Junior.

Hujumchilar: Karim Benzema, Luka Yovich, Rodrigo.

Eslatib o‘tamiz, "Real" va "Osasuna" o‘rtasidagi bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!