"Real"ning "Granada"ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasi ma’lum. Jamoaning 9 ta muhim futbolchisi o‘ynamaydi

  • 5 oktabr, 2019, 00:08
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 8-turida "Real" "Granada"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu uchrashuv uchun madridliklar qaydnomasi e’lon qilindi.

Tecno

Zidanning qaroriga ko‘ra, Vinisius Junior, Lukas Vaskes, Mariano Dias va Braim Dias kabi futbolchilar qaydnomadan o‘rin olishmadi.

Marko Asensio, Marselo, Nacho Fernandes va Ferlan Mendi jaorhatlari tufayli maydonga tusha olishmasa, Tibo Kurtua gastroenterit kasalligiga chalingani sababli o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

"Real Madrid"ning "Granada"ga qarshi bellashuv uchun qaydnomasi:

Darvozabonlar: Alfons Areolya, Diego Altube, Xaver Belman.

Himoyachilar: Daniel Karvaxal, Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Alvaro Odriosola.

Yarim himoyachilar: Kazemiro, Toni Kroos, Luka Modrich, Federiko Valverde, Xames Rodriges, Garet Beyl, Isko, Eden Azar, Rodrigo Goes.

Hujumchilar: Karim Benzema, Luka Yovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!