"Real"ning mag‘lubiyatiga futbolchilarining dangasaligi ham sabab bo‘lmoqda
"Real Madrid" jamoasi futbolchilari UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining birinchi uchrashuvida Londonning "Arsenal" futbolchilariga nisbatan 10 kilometr kamroq masofani bosib o‘tdi (0:3).
Klub rahbariyati bu ma’lumotlarni ko‘rib, o‘yinchilarning jismoniy tayyorgarligi darajasidan noroziligini bildirdi. "Marca" nashrining xabar berishicha, pley-off bosqichining boshqa uchrashuvida ishtirok etgan "Bavariya" va "Inter" jamoalari futbolchilari 20 kilometr ko‘proq yugurganlar.
Ta’kidlanishicha, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy Antonio Pintusning ishi kutilgan natijalarni bermayapti. Bunga faqat u emas, balki ayrim futbolchilarning dangasaligi ham sabab bo‘lmoqda. Ushbu muammo "Real"ni ancha vaqtdan beri ta’qib etib kelmoqda, ammo ilgari unga etarlicha e’tibor qaratilmagan edi.



Fikrlar