“Real”ning muvaffaqiyatsizligi va Avstriya "qahri". Evrohaftadagi TOP-10 voqealar

  • 22 sentabr, 2019, 18:08
  • 0
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasining ilk o‘yinlari o‘z yakuniga etdi. Bugungi mavzuimiz evrohaftalikda ro‘y bergan qiziqarli voqealar haqida bo‘ladi.

Tecno
  1. “Inter” va “Tottenhem”ning muvaffaqiyatsizligi.

“Shporlar” Gretsiyaga safari oldidan bilishardiki, ularni oson o‘yin kutib turmaydi. Shunda ham o‘tgan mavsum finalistining “Olimpiakos”ga qarshi o‘yinidagi durang – bu sensatsiya. Dastlabki o‘ttiz daqiqalikda angliyalik futbolchilar 2-0 hisobida oldinda borishayotgan edi. Keyn va Mouraning gollari “Tottenhem”ni oldinga olib chiqdi. Ammo ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalaridanoq Valbuenaning penaltidan kiritgan goli evaziga gretsiyaliklar hisobni tenglashtirishdi. Keyinchalik “Olimpiakos”da g‘alaba uchun ham imkoniyat bo‘ldi.

“Inter” esa o‘z uyida “Slaviya”ga qarshi bahs olib bordi. Chexiya klubi Milanda “Neradzurrilar”ni mag‘lub etishiga bir bahya qoldi, lekin Konte shogirdlari ikkinchi bo‘limda qo‘shib berilgan daqiqalarda gol urib hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lishdi. To‘g‘ri, “Inter”da ham g‘alaba qozonish uchun imkoniyatlar bo‘ldi. Barellining golidan keyin Lukakuda yaxshigina imkoniyat bor edi. Ammo belgiyalik futbolchi  qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Shunday qilib, “Inter” 1 ochko bilan kifoyalanishga majbur bo‘ldi. Guruhdagi raqiblar, “Barselona” va “Borussiya”ning grand klub ekanligini hisobga olsak, birinchi turda olinmagan 3 ochko milanliklar uchun qimmatga tushishi mumkin.

  1. Dormundda gollar va foydalanilmagan penalti.

“Barselona”ning Germaniyaga sayohati omadsiz bo‘ldi. Dormundliklar bilan durrangga imzo chekishdi. Eng yorqin o‘yin ko‘rsagan futbolchi – bu so‘zsiz Mats Hummels bo‘ldi. Kataloniyaliklarning hujumlarini bartaraf etishda jonbozlik ko‘rsatdi va Ispaniya grandi Byurki darvozasi tomon bitta aniq zarba bera oldi, xolos. Dormundliklar ham yaxshi o‘yin ko‘rsata oldi va Ter Shtegen darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo yakunda ulardan omad yuz o‘giraverdi. Hattoki, Roys penaltidan unumli foydalana olmadi. Ter Shtegen “Barselona”ni qutqarib qoldi. Germaniyalik golkiper “Ko‘k-anorranglilar” safida eng yaxshisi bo‘ldi. Bu o‘yin faqatgina bir voqea bilan, Messining bu mavsumda ilk bor maydonga tushgani bilan yodda qoldi, xolos.

  1. “Valensiya”ning “Stemford Bridj”dagi g‘alabasi.

Penaltidan unumli foydalanilmagan yana bitta o‘yin. Bu erda Ross Barkli oxirgi daqiqalarda penaltini golga aylantira olmadi va “Chelsi” hech bo‘lmasa durrangga erishish maqsadi chippakka chiqdi. Rodrigo tomonidan urilgan yagona gol “Valensiya”ga g‘alaba keltirdi. Aslida bu kutilmagan holat bo‘ldi, bir hafta oldin “Valensiya” rahbariyati Marselino Garsiya Toralni iste’foga chiqarib, murabbiylik kursisiga Seladesni olib kelgan edi. Selades qo‘l ostida “Ko‘rshapalaklar” “Barselona”ga qarshi yirik hisobga mag‘lub bo‘lishgandi. Ikkinchi o‘yinda esa “Chelsi” ustidan qozonilgan g‘alaba. Selades sekin-asta jamoaga moslashishni boshladi.

  1. “Lokomotiv”ni Leverkuzendagi muvaffaqiyati.

Raqibning kuchli ekanligi, Mirachukning jarohati, taqvimning noqulay ekanligi ham “Lokomotiv”ning Leverkuzendagi muvaffaqiyatli o‘yiniga xalaqi bera olmadi. “Loko” raqibga to‘p nazoratini topshirishni ma’qul ko‘rdi, “Baer” 78% va “Lokomotiv” 22% to‘pni nazorat qildi. Lekin o‘yinni “Temiryo‘lchilar” boshqarib turdi. Himoyada mustahkam o‘yin namoyish qildi va o‘z imkoniyatlaridan maksimal foydalana olishdi.

  1. Rossiya klublarining Evropa ligasidagi qo‘shaloq muaffaqiyatsizligi yoxud umumiy hisob 1-10

Baxtga qarshi, hech kim “Krasnodar” va TsSKA klublaridan bunaqa o‘yin kutishmagan edi. Evropa ligasiga mos bo‘lmagan o‘yinlarini namoyish etishdi Rossiya klublari o‘sha kuni. “Buqalar” “Bazel”dan javobsiz 5 ta gol qabul qilgan bo‘lsa, TsSKA “Ludagorets”ning 5ta goliga bitta gol bilan javob qaytara oldi. Eng kulguli tomoni, yakshanba kuni ikkala klub Premer liga doirasida o‘zaro bahs olib borishadi. Evropa ligasidagi ayanchli ahvol Gancharenko va Musaev jamoalariga qattiq ta’sir etgani aniq.

  1. Zagrebning “Dinamo”si “Atalanta”ni tor-mor etdi.

Zagrebliklarning “Atalanta” ustidan g‘alabasi ularni mag‘rurona “Biz guruhdan chiqishni istaymiz!” degan gapni aytishga undadi. Vaziyatni tushungan odamlar biladiki, hammasiga Karrera aybdor. U “Atalanta”ning mashg‘ulotlariga Gasperinini ruxsati bilan tashif buyurgandi. Biz esa maydonda Miroslav Orshichning xetrigini va zagrebliklarning daxshatli tarzda imkoniyatlardan foydalanganini ko‘rdik. 13 ta zarba, 6 tasi aniq va 4 ta gol.

  1. Avstriya bo‘roni: 3 ta g‘alaba, umumiy hisob 11-2

Avsriyaliklar uchun evrokubok bahslar judayam omadli keldi. Eng avval, “Zalsburg” “Genk”ni 6-2 hisobida ma’g‘lub etdi. “Zalsburg”ning hujum chizig‘i  yorqin o‘yin namoyish etdi. 19 yoshli erling Xaland 3 ta golga mualliflik qildi. Avstriyaning yana bir jamoasi “Volfsberg” kutilmaganda gladbaxning “Borussiya”sini 4-0 hisobida, mehmonda mag‘lub etdi. Avstriyaliklarning yana bir a’zosi LASK kamtarin  1-0 hisobida “Rusenborg” ustidan g‘alaba qozondi.

  1. “Atletiko” va “Yuventus”da jangovor durrang

Ronaldu bu safar “Atletiko” darvozasiga gol urolmadi, hech qanday kelishmovchiliklar yuz bermadi, lekin o‘yin judayam qiziqarli bo‘ldi, ayniqsa, ikkinchi bo‘lim, jamoalar bir-birlariga 4 ta gol urishdi. “Yuventus” Kuadrado va Matyudining gollari evaziga 2-0 hisobida oldinda borishayotgan edi, lekin “Matraschilar” final hushtagi chalinmaguncha taslim bo‘lishga o‘rganishmagan, shuning uchun oxirigacha kurashib, durrang natijaga erishdi. Bu durrang ular uchun g‘alabaga teng edi. Diego Simeone shogirdlariga standartlar yordam berdi. Birinchi gol, himoyachilarning havodagi kombinatsiyasi evaziga uyushtirilib, Savichning goli bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi golni esa ektor errera burchak zarbasidan so‘ng darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi.

  1. “Liverpul”ning Neapolga omadsiz sayohati.

“Liverpul” xuddi o‘tgan yilgidek “San-Paolo”da mag‘lubiyatga uchradi. Roppa-rosa bir yil oldin “Napoli” “Qizillar” ustida g‘alaba qozongandi. Faqat u paytda “Liverpul” hozirgidek daxshatli emasdi. Don Karloning rejasi ajoyib edi va shogirdlari ham shu kuni mukammal o‘yin namoyish etishdi. “Napoli” “Liverpul”ning pressinglaridan qo‘rqmadi, to‘p bilan aqlli muomala qilishdi va raqib darvozasiga ochiq yo‘l qidirishdi. O‘tgan mavsum chempioni mag‘lubiyat alamini ham tatib ko‘rdi.

1.”Real”ning “qo‘rqinchli tushi” yoxud Di Mariadan dubl

Parijda esa daxshatli voqea sodir bo‘ldi. Tuxel va uning shogirdlari “Real”ga Fransiyada mehmon ekanligini ko‘rsatib qo‘yishdi. Di Maria esa sobiq jamoadoshlariga Parijda baxtli ekanligini “ko‘rsatib qo‘ydi”, birinchi bo‘limni o‘zida dublga erishdi. PSJ yana bir qancha xavfli vaziyatlar yaratdi va bemalol 2 tadan ortiq gol urishi mumkin edi, ammo omad etishmadi. Keylor Navas darvozasi oldida esa xavfli vaziyatlar yaratilmadi. Madridliklar 10 yildan so‘ng birinchi marta chempionlar ligasida raqib darvozasi tomon aniq zarbalar bera olmadi. Bu Zidan va uning shogirdlari uchun unutilishi shart, ammo unutilmaydigan o‘yin bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!