“Real”ning Ronaldu borasidagi ikkinchi arzi ham rad etildi

Madridning “Real” klubi hujumchi Krishtianu Ronalduning “Barselona”ga qarshi bahsda hakamga nisbatan qilgan harakati uchun belgilangan 5 ta o‘yinlik diskvalifikatsiyasini qisqartira olmadi.

Ilgariroq, portugaliyalik futbolchi Ispaniya qirolligi Futbol Federatsiyasi apellyatsion qo‘mitasi tomonidan 5 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Madridliklar esa bu qaror ustidan Ispaniya Sport arbitraj sudiga arz qilishgan edilar. Biroq sud ham apellyatsion qo‘mitaning qarorini o‘z kuchida qoldirdi.

Shu tariqa, hozirga qadar 2 ta bahsni o‘tkazib yuborgan Ronaldu yana oldindagi 3 ta bahsni ham diskvalifikatsiya bois o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!