
“Real”ning supertransferi barbod bo‘lish arafasida
“Real” kelasi mavsum oldidan tarkibida jiddiy o‘zgarishlar qilishni rejalashtirib qo‘ygan. Eng katta transferlardan biri “Liverpul” bilan shartnomasi yakunlanayotgan o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnoldning Madridga kelishi hisoblanadi.
Deyarli barcha manbalar bu transfer hal bo‘lgani, angliyalik futbolchi “Real” bilan kelishuvga erishgani va yozda Madridga ko‘chib o‘tishini yozdi.
Biroq so‘nggi pallada kutilmagan muammo chiqdi. Football Insider nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Trent “Qirollik klubi” safiga o‘tishga ikkilanib qolgan.
Manbaga ko‘ra, bunga “Real”da bosh murabbiy masalasi borasida yuzaga kelgan vaziyat sabab bo‘lgan. Trentni “Real”da ko‘rmoqchi bo‘lgan Karlo Anchelotti iste’foga chiqishi ehtimoli oshmoqda.
Bu holat Aleksander-Arnoldning qaroriga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Agar 26 yoshli himoyachi “Real”ga o‘tmaydigan bo‘lsa, “Liverpul” bilan hamkorlikni uzaytirishi aytilyapti.
Fikrlar