
"Real"ning yosh yulduzini "Arsenal" ijaraga olmoqchi
"Real Madrid" yarim himoyachisi Arda Gyuler Londonning "Arsenal" klubiga ijara asosida o‘tishi mumkin. Bu haqda "SPORT" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar bu kelishuvda Martin Edegorning ingliz klubiga o‘tishi bilan o‘xshashlik ko‘rmoqda. 2021 yil yanvarida "Arsenal" norvegiyalik futbolchini ijaraga olgan, yarim yildan so‘ng esa uni "Real"dan to‘liq sotib olgan edi.
Ma’lumot uchun, turkiyalik yarim himoyachi joriy mavsum umumiy 12 ta bahsda maydonga tushdi va jamoaning birorta golida ishtirok etmadi.
Fikrlar