
Rebich Milan derbisida "Milan"ga yordam berolmaydi
“Milan” yarim himoyachisi Ante Rebich “Inter”ga qarshi bo‘ladigan derbini o‘tkazib yuboradi.
27 yoshli futbolchi sentyabr oyi oxirida “Krotone”ga qarshi bahsda tirsagidan jarohat olgan edi. Shu sababli u “rossonerilar”ning so‘nggi ikkita bellashuvida ishtirok eta olmadi.
“Milan” shifokorlari xorvatiyalik futbolchining salomatligi bo‘yicha tavakkal qilishni xohlamayapti va shu sababli u “Inter”ga qarshi o‘yinda maydonga tushmaydi.
Yaqindagina koronavirusdan sog‘aygan hujumchi Zlatan Ibragimovich esa “neradzurrilar”ga qarshi o‘yinda ishtirok eta oladi.
«Inter» – «Milan» uchrashuvi 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.
Fikrlar