Reshford "Barselona"dagi kelajagiga oydinlik kiritdi
“Barselona” hujumchisi Markus Reshford jamoada qolish istagi borligini ma’lum qildi. Yozgi transfer oynasida kataloniyaliklar uni “Manchester Yunayted”dan ijaraga olgan edi.
“Bu klub menga juda yoqadi. Menimcha, futbolni sevgan har bir inson uchun ‘Barselona’ — tarixdagi eng muhim jamoalardan biri. Albatta, men bu erda qolishni istayman,” — dedi Reshford ESPN nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, 27 yoshli futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida barcha musobaqalar doirasida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi. Mavsum yakunlanganda klub Markusni 30 million evro evaziga to‘liq sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Fikrlar