Reshford "Barselona"ga o‘tish uchun maoshini kamaytirmoqda
Markus Reshford "Barselona"ga o‘tishni xohlayapti. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri ma’lum qildi.
Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" hujumchisi Kataloniya klubi safiga qo‘shilish uchun maoshini kamaytirishga tayyor.
"Barsa" bu ma’lumotni qabul qildi va ingliz futbolchisini olib kelish uchun ular Moliyaviy Feyr-Pley qoidalarini hal qilishlari kerakligini tushunadi.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Reshford APLning 15 ta o‘yinida maydonga tushdi va 4 ta gol urdi. Transfermarkt portali futbolchini 55 million evroga baholamoqda.



Fikrlar