Reshford MYu nega 7:0 hisobida yutqazgani sababini aytdi
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford “Liverpul”dan 0:7 hisobida uchralgan mag‘lubiyat haqida yana gapirdi. Angliyalik futbolchi qaysidir nuqtada jamoa kurashni to‘xtatganiga mutlaqo qo‘shilmaydi.
“Biz taslim bo‘lmadik, bu bema’nilik. Tashkil etish masalasida biz yomon harakat qildik. Ha, biz bunga nisbatan yomon munosabatda bo‘ldik, bu to‘g‘ri, shuning uchun ham gol o‘tkazib yubordik.
Biz o‘yinga qaytishni shunchalik qattiq xohladikki, to‘p bilan va to‘psiz o‘ynash tamoyillaridan chetga chiqishga majbur bo‘ldik. Hujumchilar pressing qilishayotganini his qildim, ammo hujum va yarim himoya o‘rtasida bog‘liqlik yo‘qolgandi. Xuddi shunday, yarim himoya va himoya o‘rtasidagi o‘zaro aloqada ham muammolar yuzaga keldi", - dedi Reshford matbuot anjumanida.

Fikrlar