
Reshford MYuning Evropa ligasidagi o‘yinini o‘tkazib yuboradi
"Manchester Yunayted" futbolchisi Markus Reshford jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi. Futbolchi kamida 2-3 haftani o‘tkazib yuborishi aytilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Markus 13 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "Sevilya"ga qarshi Evropa ligasi o‘yinida jamoasiga yordam bera olmaydi. Shuningdek, uning javob uchrashuvida ham maydonga tushish ehtimoli juda kam.
Eslatib o‘tamiz, Reshford APL doirasida "Everton"ga qarshi o‘yinda jarohat olib, maydonni erta tark etgandi. 8 aprel kuni bo‘lgan bellashuvda "qizil iblislar" 2:0 hisobida raqibdan ustun kelgan.
Fikrlar