
Reyna koronavirus haqida: 25 daqiqa davomida nafas ololmaganimda qo‘rqib ketdim
"Milan"ning "Aston Villa" klubida ijara asosida o‘ynab kelayotgan darvozaboni Xose Reyna koronavirus bilan kasallangani haqida gapirib berdi.
"Menda virusning ilk alomatlari sodir bo‘lganidayoq karantinga olinganman. Isitma, quruq yo‘tal, bosh og‘rishi, meni hech ham tark etmadi, bu charchoq hissi...
25 daqiqa davomida nafas ololmaganimda qo‘rqib ketdim. Go‘yo tomog‘im to‘satdan torayib, havo o‘pkamga kira olmayotgandek edi... Men dastlabki 6-8 kunni qiyin o‘tkazdim," - dedi Reyna.
Fikrlar