
Riberi uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilinindi
"Fiorentina" klubi vingeri Frank Riberi A Seriyaning 9-turidan o‘rin olgan “Latsio”ga (2:1) qarshi o‘yinda qanot hakami Matteo Passeriga nisbatan qo‘pol muomala qilgani uchun jiddiy jazolandi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra frantsiyalik futbolchi 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan. Endi u "Sassuolo", "Parma" va "Kalyari"ga qarshi o‘yinlarda “binafsharanglilar”ga yordam berolmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Riberi “Fiorentina” safiga joriy yozgi transferlar davrida erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U hozircha “binafsharanglilar” safida jami 9 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar