Rivaldo "Barselona"ga EChLda g‘olib chiqishi uchun kim etishmayotganini aytdi
Braziliyalik mashhur futbolchi Rivaldo o‘zining sobiq jamoasi hisoblangan “Barselona”ga EChLda g‘olib chiqish uchun kim etishmayotganini aytdi.
“Mening nazarimda “Barselona”ga Chempionlar ligasida g‘olib chiqish uchun Neymar etishmayapti. Unda yana muxlislar mehrini qozonib, dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun shaxsiy va professional sifatlar bor”, - deydi Rivaldo.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Chempionlar ligasida so‘nggi bor 2015 yilda g‘olib chiqqan edi. 2017 yilda esa Neymar PSJga ko‘chib o‘tdi.



Fikrlar